Savol aniq bo‘lsa, javob ham aniq.
F.A.Q (savollar)
Hamkorlikni boshlashdan oldin developerlar eng ko‘p so‘raydigan savollarga qisqa va ochiq javoblar.
01ABC oddiy marketing agentligimi?+
Yo‘q. Biz reklama berib, lidni topshirib ketmaymiz. Bozor tahlilidan boshlab call-markaz, ofis uchrashuvi, shartnoma va sotuvgacha bo‘lgan butun tizimni birlashtiramiz.
02Faqat reklama kerak bo‘lsa-chi?+
Reklama alohida ishlashi mumkin, lekin biz avval sotuv voronkasini tekshiramiz. Chunki muammo offerda, qo‘ng‘iroqda yoki ofisdagi yopishda bo‘lsa, ko‘proq reklama faqat ko‘proq pul yo‘qotadi.
03Natija qachon ko‘rinadi?+
Muddat loyiha holati, narx, mahsulot va jamoaga bog‘liq. Biz avval boshlang‘ich raqamlarni belgilaymiz, keyin har bosqichdagi o‘zgarishni o‘lchaymiz. Va’da emas — o‘lchov.
04Call-markaz va sotuvchilar bilan ham ishlaysizmi?+
Ha. Skript, CRM bosqichlari, qayta aloqa, KPI, suhbat auditi va ofis uchrashuviga olib kelish jarayonini yagona standartga keltiramiz.
05ABC loyiha xarajatlarini o‘z zimmasiga oladimi?+
Ha. Har oylik target reklama budjeti hamda marketing, call-markaz va sotuv bo‘limidagi barcha xodimlarning oyligini ABC Agency to‘laydi.
06Quruvchining zimmasida nima qoladi?+
Quruvchi sifatli mahsulot yaratish va qurilish jarayoniga e’tibor beradi. Marketing va sotuv tizimini qurish, moliyalashtirish va boshqarishni biz olamiz.
07Hamkorlikni nimadan boshlaymiz?+
Bepul konsultatsiyadan. Loyihangiz, hozirgi sotuv holati va asosiy to‘siqlarni ko‘rib chiqamiz. Keyin ABC kerakmi yoki yo‘qmi — ikkala tomon ham aniq biladi.
08Kimlar bilan ishlamaymiz?+
Hujjatlari noaniq, mahsulot muammosini reklama bilan yashirmoqchi bo‘lgan yoki raqamlarni ochiq ko‘rsatishga tayyor bo‘lmagan loyihalar bilan ishlamaymiz. Sotuv tizimi ishonchdan boshlanadi.